Yoshi katta bemorlarda endokrin sistemasi buzulishlari, minerallar metobolizimining o’zgarishi va kalsiy tanqisligi sababli yoshga bog’liq (senil) osteoporozi rivojlanishiga omil bo’ladi. Bu bemorlarda suyak to’qimasining parchalanishi yangi suyak to’qimasi xosil bo’lishidan ustun turadi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra yoshga bog’liq osteoporoz ayollarda erkaklarga nisbatan ikki barobar ko’p uchraydi.
PRF matritsalari yuz-jag’ jarrohlik va implantologiyada turli ko'rsatkichlar uchun ishlatilgan. Ba'zi klinik tadqiqotlar turli qon konsentrat tizimlarining afzalliklari va kamchiliklari haqida xabar beradi. So'nggi paytlarda turli xil maqolalar va adabiyotlarda PRF dan foydalanish bo'yicha mavjud ma'lumotlarni umumlashtirishga qaratilgan. Ushbu tezisda quyidagi asosiy savollarni ko’rib chiqish uchun PRF ning ahamiyatiga e'tibor qaratilgan: tish olingan bemorlarda og'riqni oldini olish va yumshoq to'qimalar va suyaklarni qayta tiklashda PRF samaradorligi qanday?